Andijon va Surxondaryoda Soliq boshqarmalari bosh inspektorlari qamoqqa olindi

10:17 10 Iyul 2025 Jamiyat
182 0

Foto: DXX

Andijon va Surxondaryoda Soliq boshqarmalarining bosh inspektorlariga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.

Maʼlum boʻlishicha, Andijon viloyati Soliq boshqarmasining Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash – xizmat koʻrsatish boʻlimi bosh inspektori mansab mavqeidan foydalanib, Oltinkoʻl tumanida radio va teleapparaturalar savdosi bilan shugʻullanuvchi MChJ tomonidan soliq va yigʻimlar boʻyicha topshirilgan soliq hisobotlarida tovarlar realizatsiyasi toʻgʻri aks ettirilmaganligi natijasida MChJga juda koʻp miqdorda soliq hisoblanishi hamda soliq tekshiruvi oʻtkazilishini aytgan.

Soʻngra Soliq boshqarmasidagi hamkasblari orqali ushbu tekshiruvni oʻtkazmaslikni vaʼda qilib, evaziga 3 ming dollar talab qiladi va muqaddam MChJ taʼsischisidan 500 dollar olgan. Ammo, u qolgan 2,5 ming dollarni olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Boshqa holatda esa Surxondaryo viloyati Soliq boshqarmasining Soliq organlari faoliyati ustidan nazorat qilish boʻlimi bosh inspektori Jarqoʻrgʻon tumanida mototsikllar va ehtiyot qismlar savdosi bilan shugʻullanuvchi MChJga nisbatan oʻzining vakolatli hamkasblari orqali sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazish bilan qoʻrqitib, mazkur tekshiruvni amalga oshirmaslik evaziga MChJ rahbaridan 2,5 ming dollar olgan vaqtida DXX va Prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Qayd etilishicha, hozirda ushbu soliq idoralari xodimlariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер