Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi
“Andijon davlat texnika institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori [PQ-396-son, 18.11.2024] qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi
Qarorga koʻra, Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakulteti negizida Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi.
Avtomobilsozlik, elektrotexnika, energetika, toʻqimachilik, muhandislik, qurilish va boshqa sanoat sohalari boʻyicha, shuningdek, hududning oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojiga muvofiq zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega kadrlar tayyorlash Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:
- energetika muhandisligi, sunʼiy intellekt, mexatronika va robototexnika kabi yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlash hajmi oshiriladi;
- talabalarining fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatkichi va professor-oʻqituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro standartlar asosida baholash tizimi joriy etiladi;
- talabalarga oʻqish davomida yuzaga keladigan tashkiliy va huquqiy masalalar boʻyicha barcha zarur xizmatlar “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyiladi;
- bakalavriat va magistratura bosqichlariga oʻqishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlarda darslarni xorijiy tillarda oʻtkazish belgilandi.
Qayd etilishicha, Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakultetida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Institutda davom ettiradi.
Bitiruvchi kurs talabalariga 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Institut diplomi beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring