Amudaryo qirgʻoqlarida ekilgan sholidan yuqori hosil olinmoqda
Foto: Xalq so'zi
Muzrabot tumani hududidan oqib oʻtuvchi Amudaryo qirgʻoqlari boʻylab 20 ming gektardan ziyod yerni bosqichma-bosqich foydalanishga kiritish ishlari amalga oshirilmoqda. Joriy yilda shunday unumdor yerlardan 4 ming gektar maydonda sholi ekildi. Ayni kunlarda pishib yetilgan sholining oʻrim-yigʻim ishlariga 60 ta kombayn va 200 ga yaqin yuk tashish texnikalari jalb etilgan. Joriy mavsumda “SCT cluster sholi” MCHJ tomonidan 20 ming tonna sholi yetishtirish, 10 ming tonnadan ortiq guruch mahsulotlari ishlab chiqarish moʻljallangan.
— Shu yilning oʻzida Amudaryo qirgʻogʻidagi yer maydonlarini ekinga tayyorlash, 60 kilometrga yaqin irrigatsiya tarmoqlarini tiklash uchun 80 mlrd. soʻm miqdorida mablagʻi sarflandi, — deydi “SCT cluster sholi” MCHJ MCHJning Muzrabot tumani boʻyicha ish boshqaruvchisi Halil Egamberdiyev. — Samarali mehnat oʻz natijasini berib, hozirda gektaridan oʻrtacha 55-60 sentner hosil olayapmiz. Kelgusi yili sholi yetishtiriladigan yerni yanada kengaytirib, hosildorlikni 70 sentnerga yetkazish hamda qoʻshimcha yangi ish oʻrni yaratish niyatidamiz.
Sholi yetishtirish hajmining ortishi natijasida kelgusi yilning may oyiga qadar 7 mln. dollar qiymatga ega va Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan sholini qayta ishlovchi zavod qurilishi boʻyicha amaliy harakatlar boshlangan. Shuningdek, “SCT cluster sholi” MCHJ tomonidan 2024-yilda 3 ta yangi nasos stansiyasi qurilib, qoʻshimcha oʻzlashtiriladigan 3 ming gektar yer maydonida kafolatlangan suv taʼminoti yoʻlga qoʻyiladi. Natijada 2025-yilga borib sholi ekiladigan maydonlar 10 ming gektarga yetkaziladi. Amudaryo qirgʻogʻidagi yerlarni oʻzlashtirishga irrigatsiya va melioratsiya ishlari uchun 512 mlrd. soʻm miqdorida sarmoya kiritiladi.
Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring