Amir Temur maqbarasida restavratsiya ishlari olib borilmoqda

13:19 03 Sentyabr 2022 Madaniyat
1277 0

Foto: Madaniy meros agentligi

Tegishli tashkilotlar tomonidan ushbu yodgorlikda restavratsiya ishlarini bajarish maqsadida ilmiy asoslangan xulosalar yordamida loyiha takliflari ishlab chiqilgan hamda Madaniy meros Agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashida maʼqullangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.03.2022-yildagi “2022-yilda turizm va madaniy meros obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 110-son qaroriga asosan Samarqand shahrida joylashgan “Amir Temur” majmuasida gumbaz va devor old qismi, galereyaning pol qismlari va peshtoq muqarnaslarini qayta taʼmirlash uchun 3 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan.

Eslatib oʻtamiz Amir Temur maqbarasini restavratsiya qilish ishlari bundan yarim asrdan ziyod vaqt oldin, yaʼni 1941-yilda amalga oshirilgan boʻlib, 1996-yilda esa qisman taʼmirlash ishlari olib borilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?