Alkogol va tamaki mahsulotlariga milliy, davlatlararo hamda xalqaro standartlar loyihalari tayyorlanadi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasida isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni standartlashtirish boʻyicha ishchi guruh yigʻilishi oʻtkazildi.
Unda alkogol va tamaki sohasini tartibga solish borasida joriy yil 3-iyunda qabul qilingan Farmon va Qarorda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish hamda standartlar, texnologik va sifat darajalarini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Soha mutaxassislari va ekspertlardan iborat ushbu ishchi guruhning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
— davlat va isteʼmolchilar manfaatlaridan kelib chiqib milliy, davlatlararo va xalqaro standartlar loyihalarini tayyorlash;
— standartlarni ishlab chiqish, qabul qilish, qayta koʻrib chiqishda ilgʻor xorijiy tajribani joriy qilish yoʻli bilan, shu jumladan, ularda anʼanaviy va ilgʻor texnologiyalarning, dastlabki talablarni belgilashni hisobga olgan holda koʻrsatilayotgan xizmatlarning raqobatdoshligi oshirilishini taʼminlashda ishtirok etish;
— standartlarga oʻzgartirishlar kiritish, qayta koʻrib chiqish va bekor qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
— standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida uygʻunlashgan siyosatni amalga oshirish boʻyicha manfaatdor tashkilotlar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan hamkorlik qilish.
Maʼlumot oʻrnida, ayni paytda sohaga oid jami 88 ta standartlar mavjud boʻlib, shundan 22 tasi xalqaro, 53 tasi davlatlararo va 13 tasi milliy standartlardir.
Shuningdek, isteʼmol etil spirtiga tegishli 16 ta, alkogol mahsulotlariga tegishli 19 ta va texnikaviy etil spirtiga tegishli 53 ta standartlardan amaliyotda qoʻllanilmoqda.
Hozirda ishchi guruhga manfaatdor tashkilotlar tomonidan kiritilgan takliflar koʻrib chiqilib, xalqaro talablarga moslashtirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring