Alisher Usmonov “Forbes” roʻyxatiga oʻzbekistonlik milliarder sifatida kiritildi

“Forbes” jurnali har yillik eʼlon qiladigan dunyoning eng boy insonlari reytingiga Alisher Usmonov ilk bora oʻzbekistonlik vakil sifatida kiritildi.
“USM Holdings” asoschisi shu paytgacha ushbu roʻyxatdan Rossiya vakili sifatida oʻrin olib kelgan. Nashr maʼlumotlariga koʻra, Usmonovning boyligi 16,7 mlrd dollarga yetib, oʻtgan yilga nisbatan 3,3 mlrd dollarga oshgan. Natijada u jahon reytingida 144-oʻrindan 125-oʻringa chiqib oldi.
Bu roʻyxatni tuzishda biznesmenlarning asosan shu vaqtdagi yashash joyi hisobga olinadi. Alisher Usmonov ham 2022-yildan beri Toshkentda yashayotganligi sababli Oʻzbekiston vakili sifatida roʻyxatga kiritilgan.
Shunga qaramasdan, real vaqt rejimida yangilanadigan boshqa reytinglarda Usmonov hali ham Rossiya vakili sifatida koʻrsatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring