“Alisher Navoiy” romani taqdimoti boʻlib oʻtdi
13-avgust kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida taniqli adib, Innovatsion rivojlanish vazirning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Isajon Sulton qalamiga mansub yangi asar – “Alisher Navoiy” romaning taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Innovatsion rivojlanish vazirligi Jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari, akademik, Soyibjon Neʼmatov, “Oʻzbekkino” milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Shuhrat Rizayev, Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori Bahodir Karimov, shuningdek adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdilar.
Zamonaviy adabiyot vakillarining buyuk mutafakkir, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy haqidagi yirik asar yozishi anchadan beri kutilayotgan edi. Keyingi yillardagi yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar natijasida erishgan yutuqlarimizdan eng kattasi – soʻz erkinligi va ijod erkinligi Alisher Navoiy haqida romanning yaratilishiga, bu masʼuliyatli vazifani jasorat bilan ado etishga imkon berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring