Akusherlik va gikenologiya markazi laboratoriya xodimlari xalqaro skrining dasturida ishtirok etmoqda — SSV
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Natalya Nodirxonovaning aytishicha, markaz laboratoriya majmuasida 160 turdan ortiq noyob laborator tahlillar oʻtkazib kelinmoqda. Xususan:
— Klinik va biokimyoviy laboratoriya zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan boʻlib, tahlillar serologik, mikrobiologik, ferment bilan bogʻliq immunosorbent, sitologik, gistologik, genetik diagnostika usullari orqali amalga oshiriladi.
— Gemostaz laboratoriyasida zamonaviy avtomatik koagulometrda gemostaz, antifosfolipid sindromi, trombofiliya va DVS-sindromi, qon tomir trombotsitlari holatini baholashga imkon beruvchi keng koʻlamli tadqiqotlar olib borilmoqda.
Klinik immunologiya laboratoriyasida OITS bloki yaratilgan boʻlib, bu yerda dastlab OIV, gepatit V va S diagnostikasi oʻtkazilgan boʻlsa, bugungi kunda maxsus immunoglobulinlar M, G TORCH infeksiyalarini aniqlaydigangan IFA va IXLA usuli bilan serologik tahlillar bajarilyapti.
Ular reproduktiv gormonlarning qondagi tarkibi, qalqonsimon bez holati, buyrak usti bezlari gormonlari, homilaning xromosoma anomaliyalarini aniqlash imkonini bermoqda.
Laboratoriyada PZR bloki ham boʻlib, u DNKni real vaqtda oʻrganishga imkon beradigan eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.
Bakteriologik laboratoriyada qator muhim analizlar, jumladan, ajratilgan mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirligini aniqlash, sifilis va brutsellyoz uchun serologik, sterillik va gemokultura uchun qon tekshiruvi kabi koʻplab tahlillar oʻtkazib kelinmoqda.
Oʻtgan yili ochilgan sitologiya laboratoriyasi esa xotin-qizlar oʻrtasida saraton tarqalishining oldini olish va erta tashxis qoʻyishda katta imkoniyatlarga ega.
Laboratoriyamiz xodimlari JSST va YUNFPA tomonidan Oʻzbekistonning Chirchiq shahri va Qozogʻiston Respublikasida tashkil etilgan bachadon boʻyni saratoni skriningi boʻyicha pilot loyihada ishtirok etib, oʻz mahoratlarini namoyon qilib kelishmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring