Akademik Toʻra Mirzayev vafot etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Toʻra Mirzayev 2020-yilning 29-sentyabr kuni olamdan oʻtdi.
Toʻra Mirzayev – 1936-yil 6-martda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tugʻilgan. U oʻzbek filologiyasining atoqli namoyandalaridan biri, xalq ogʻzaki badiiy ijodiyotini keng koʻlamda tadqiq etishdan iborat fundamental ilmiy maktabga asos solgan ulkan fan tashkilotchisi, eposshunoslikning koʻplab nazariy masalalarini jahonshumul darajada hal qilgan yirik folklorshunos olim edi.
Toʻra Mirzayevning 600 dan ortiq ilmiy, uslubiy, ilmiy-ommabop ishi eʼlon qilingan. Ulardan 5 tasi monografiya, 5 tasi darslik va oʻquv qoʻllanma, 45 tasi kitob va folklor toʻplamdir. Olimning kitob va maqolalari Rossiya, Germaniya, Turkiya, Tojikiston, Qozogʻiston, Turkmaniston kabi koʻplab mamlakatlarda nashr etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring