Ayrim jinoyat protsessi qatnashchilariga haq toʻlash tartibi belgilandi

18:31 30 Oktyabr 2023 Hujjatlar
242 0

Иллюстратив фото

Hukumat qarori (570-son, 28.10.2023-y.) bilan Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, jabrlanuvchi voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan shaxs boʻlsa, u bilan birgalikda yoki uning oʻrniga ishda ishtirok etishga jalb etilgan qonuniy vakiliga haq toʻlab beriladi.

Masʼul organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ishda ishtirok etishga jalb etilgan quyidagi shaxslarga haq toʻlab beriladi:

— jabrlanuvchilar va ishga koʻmaklashuvchi shaxslarga:

➖ ularning doimiy yashash joylaridan tashqaridagi hududlarda oʻtkaziladigan protsessual harakatlarni amalga oshirish joyiga kelib-ketish xarajatlari;
➖ turarjoy bilan bogʻliq xarajatlari (mehmonxona yoki turarjoy ijarasi);
➖ kundalik xarajatlari;

— ekspert, tarjimon, mutaxassisga ishda ishtirok etishda oʻz vazifalarini bajarganligi uchun, ushbu vazifalar xizmat topshirigʻi tartibida bajarilgan hollar bundan mustasno;

— doimiy ish haqi olmaydigan jabrlanuvchilar va ularning qonuniy vakili, guvohlar va xolislarga ishda ishtirok etishga ularni odatdagi mashgʻulotidan qoldirilganlik (chalgʻitganlik) uchun.

Masʼul organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ishda ishtirok etishga jalb qilingan ishga koʻmaklashuvchi shaxslar hamda jabrlanuvchilarning turarjoy bilan bogʻliq xarajatlarini bir kunlik qoplash (mehmonxona yoki turarjoy ijarasi) miqdori BHMning 1,5 baravaridan oshmasligi lozim.

Turarjoyda yashaganligi boʻyicha xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan hollarda, har bir sutka uchun belgilangan BHMning 20 foizi miqdorida qoplanadi.

Turarjoy ijarasidan foydalanilganda, davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilgan ijara shartnomasi taqdim etiladi.

Ekspert va mutaxassisga masʼul organlar (mansabdor shaxslar) topshirigʻiga koʻra bajargan ishi uchun soatiga BHMning 0,10 koeffitsiyenti miqdorida haq toʻlanadi.

Bir tarjimon tomonidan har bir koʻrsatilgan xizmati uchun alohida toʻlov amalga oshiriladi.

Mazkur qoidalar protsessual majburiyatlarni xizmat topshirigʻi sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilingan ekspert, mutaxassis va tarjimonga oʻz vazifalarini bajarganlik uchun haq toʻlashga hamda xizmat safari bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplab berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер