Ayrim yoshlarning toʻlov-kontrakt summasi bir qismi qoplab beriladi
Illyustrativ foto
Joriy yilning 20-noyabr kuni Prezidentning “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF–222-son Farmoni qabul qilindi.
Hujjatga koʻra, 2026-yil 1-fevraldan Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:
• safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul oʻtash tartibi joriy etiladi hamda ushbu maqsad uchun subsidiya ajratish tartibi bekor qilinadi.
Shuningdek, “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari orqali:
• avtomototransportlar haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlarini qoplash boʻyicha subsidiya haydovchilik guvohnomasining “A”, “B”, “D” va “DE” toifalarini olish uchun toʻlab beriladi;
• kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalarining kontrakt summasi 50 foizgacha qismi tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib toʻlanadi hamda 1 oʻquv yili uchun BHMning 50 baravaridan oshmasligi lozim;
• ayni bir shaxs 1-yil davomida turli ijtimoiy yordamlardan koʻpi bilan 2-marta foydalanishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring