Ayrim ta’lim muassasalarida “Askiya va qiziqchilik san’ati” yo‘nalishi ochiladi
Arxiv foto
“Respublikada milliy askiya va qiziqchilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–222-son, 11.07.2023 y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:
➖Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazi;
➖har yili so‘z ustalari va qiziqchilar o‘rtasida “Xush kayfiyat” respublika ko‘rik-tanlovi;
➖har ikki yilda bir marta “Tabassum” xalqaro kulgi festivali.
➖Shuningdek, har yili kamida 25 ta audiovizual asar yaratish uchun davlat buyurtmasi beriladi.
➖Bunda eng keng ommalashgan 5 ta audiovizual asar ijodkorlari BHMning 50 baravari (16 mln 650 ming so‘m) miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
➖Davlat organlari, muassasalari va korxonalari har chorakda kamida bir marotaba o‘z xodimlarining madaniy-estetik hordiq chiqarishlari uchun ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari:
➖askiya va qiziqchilik san’ati sohasida taniqli ijodkorlarning mahorat maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
➖ushbu qarorda belgilangan tartibda o‘zining mahorat maktabini yaratgan ijodkorlar asosiy ish joyi orqali har oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 5 baravari (4 mln 900 ming so‘m) miqdorida qo‘shimcha rag‘batlantirib boriladi;
➖mahorat maktablariga ular faoliyat yuritadigan muassasa ob’yektlaridan tekin foydalanish huquqi berilib, ularga ushbu muassasa tomonidan alohida xona ajratiladi.
➖2024/2025 o‘quv yilidan Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji hamda Farg‘ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabida “Askiya va qiziqchilik san’ati” yo‘nalishi ochiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring