Ayrim taʼlim yoʻnalishlarida sirtqi taʼlim uchun 5-yillik staj talab etiladi - roʻyxat

18:21 20 Iyun 2024 Ilm-fan
290 0

Sirtqi taʼlim shaklidagi pedagogik faoliyatga oid bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga topshirishda kamida 5-yil ish staji talab etiladi. Mazkur tartib Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab amal qilib kelmoqda va ushbu yoʻnalishlar roʻyxati ham tasdiqlangan.

Ular quyidagilar:

- boshlangʻich taʼlim;

- tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi;

- musiqa taʼlimi;

- jismoniy madaniyat;

- texnologik taʼlim.

Respublikadagi barcha davlat va nodavlat OTMlar yuqoridagi yoʻnalishlarga sirtqi taʼlim uchun abituriyentlarni faqatgina 5-yillik ish staji asosida qabul qilishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер