Ayrim talabalarning 50 foizgacha "kontrakt"i jamgʻarma tomonidan toʻlab beriladi
“Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari, jumladan, quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
➖ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli qiyin yoshlarga BHMning 4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam koʻrsatishga;
➖ yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlariga sarflanadigan xarajatlarning 75 foizigacha qismini qoplashga;
➖ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati hamda oʻzini oʻzi band qilish maqsadida noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarini koʻpi bilan bir yilda BHMning 25 baravarigacha miqdorda qoplashga;
➖ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilishga zarur boʻlgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;
➖ mamlakatimizdagi OTMda oʻqiyotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari toʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda toʻlab berishga;
➖ “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning ahvoli ogʻir boʻlgan bemor farzandlariga mamlakatda yoki xorijiy davlatda davolanish bilan bogʻliq xarajatlarni BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplashga.
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida manfaatdor muassasalar rahbarlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda Vasiylik kengashi tuziladi.
Vasiylik kengashi raisi har chorakda Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga hisobot beradi.
Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimi Jamgʻarmaning ishchi organi hisoblanadi.
Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablagʻlari keyingi yilga oʻtadi va tuman (shahar) mahalliy byudjetiga olib qoʻyilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring