Aydar-Arnasoy koʻligacha temir yoʻl olib kelinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida oʻtayotgan Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Aydar-Arnasoy koʻli atrofida yirik sohil turizm majmuasi va sogʻlomlashtirish markazi qurilgani Arnasoy tumani aholisining daromadi koʻpayishiga katta turtki bergani qayd etildi.
Sessiyada endilikda Arnasoy aeroportida katta samolyotlarni ham qabul qilish imkonini yaratish zarurligi taʼkidlandi. Bundan tashqari, Aydar-Arnasoy koʻligacha temir yoʻl ham olib kelinadi.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari”ga Doʻstlik tumanidan koʻl hududigacha 45 kilometrli yangi temir yoʻl liniyasini qurishni boshlash topshirildi.
Shuningdek, 7 milliard soʻm hisobiga tumandagi Baxtli mahallasining infratuzilmasi yaxshilanib, turizm qishlogʻiga aylantiriladi. Hududga olib boruvchi yoʻl taʼmirlanadi, tungi yoritish chiroqlari va turizm yoʻl belgilari oʻrnatiladi, manzarali daraxtlar ekiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring