“Air Samarkand” aviakompaniyasi Samarqanddan Toshkentga ilk koʻrgazmali parvozini amalga oshirdi
28-dekabr kuni “Air Samarkand” mahalliy aviakompaniyasi “Airbus” A330 samolyotida Samarqand — Toshkent — Samarqand yoʻnalishi boʻyicha oʻzining ilk koʻrgazmali parvozini amalga oshirdi. Ekipaj va aviakompaniya vakillarini “Uzbekistan Airports” rahbariyati, samolyot esa anʻanaga koʻra suv arkasi bilan, tantanali ravishda kutib olindi.
Parvozdan koʻzlangan maqsad parvoz ekipaji faoliyatini tekshirish, shuningdek, yoʻlovchilarni tashishni boshlashdan oldin barcha talab va tartiblarning bajarilishini taʻminlashdan iborat edi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq aviakompaniya Oʻzbekiston Fuqaro aviatsiyasi agentligidan operator sertifikatini olgan edi.
“Air Samarkand” — Samarqand xalqaro aeroportida joylashgan Oʻzbekiston aviakompaniyasi. 2022-yil aprel oyida tashkil etilgan. Aviakompaniya “Airbus” A330, A320 va A321 kabi zamonaviy samolyotlarga ega.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring