Aholi uchun issiqlik taʼminoti xizmatlarining narxi oshirilmaydi

18:41 06 Oktyabr 2022 Jamiyat
714 0

Foto: Arxiv surat

Toshkent shahar hokimligi “Veolia Energy Tashkent” MCHJ XK tomonidan koʻrsatiladigan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni tasdiqladi.

Unga koʻra, “Veolia Energy Tashkent” MCHJ XK tomonidan koʻrsatiladigan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (bazaviy tarif) 397 ming 212 soʻm/Gkal miqdorida belgilandi.

Qarorga muvofiq, issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun chakana tariflar kuyidagilar uchun avvalgi narxlarda qoladi:

— aholi uchun – 91 ming 960 soʻm/Gkal (2019-yil 15-avgustdan amalda);

— kichik, oʻrta va yirik biznes uchun – 141 ming 737 soʻm/Gkal (2019-yil 15-avgustdan amalda).

Byudjet tashkilotlari uchun esa chakana tarif – 502 067 soʻm/Gkalni tashkil qiladi.

Narxlar eʼlon qilingan kundan boshlab 15 kun oʻtib, yaʼni 2022-yil 21-oktyabrda kuchga kiradi.

Bazaviy va chakana tariflar oʻrtasidagi farq Toshkent shahrining mahalliy byudjeti hisobidan subsidiyalanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?