Aholi murojaati senator tomonidan ijobiy hal qilindi

17:56 13 Dekabr 2024 Siyosat
346 0

Joylardagi mavjud muammo va kamchiliklarni o‘rganish va hal etish, saylovchilarning murojaatlarini eshitish va ularga yechim topish xalq vakillarining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxanov o‘zi Izboskan tumani Kengashi xalq deputati etib saylangan 16-Yangiqishloq saylov okrugida  aholi bilan uchrashdi.

Muloqot davomida  “Gudur” va “Toshloq” mahallalari aholisi suyultirilgan gaz ballonlarini o‘z vaqtida yetkazilishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish masalasini ko‘targan edi.

Mazkur murojaat qisqa fursatda ijobiy hal etildi hamda Izboskan tumaniga ajratilgan 7 ta mashina propan gaz ballonlariga yana qo‘shimcha 7 ta mashina gaz ballonlari yetkazilishiga erishildi.

Shu bilan birga “Gudur” mahallasining M.Ulug‘bek, Tarovat, Hidoyat ko‘chalarini kesib o‘tuvchi katta yo‘lning 6 km qismini asfaltlash bo‘yicha ham murojaat kelib tushgan edi. Bu masala mutasaddilar  bilan birga atroflicha o‘rganilib, hozirgi vaqtda yo‘lning katta qismi tekislandi hamda  shag‘al yotqizish ishlari amalga oshirilgan.

Mutaxassislarning ko‘rsatmalariga binoan  hozir qishli-qirovli kunlar bo‘lgani uchun asfaltlash ishlari bahor-yoz oylarida bajarilishi rejalashtirilgan.

Senatorlarning joylarda saylovchilar va aholi murojaatlarini qonun doirasida ijobiy hal qilish ishlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?