Aholi farovonligi yoʻlida: Mahallabay yondashuv va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot

13:49 26 Fevral 2025 Jamiyat
241 0

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

2025-yil 26-fevral kuniTaraqqiyot strategiyasimarkazi Jahon banki va Buyuk Britaniya hukumati koʻmagida, Hamdoʻstlik va Taraqqiyot byurosining Markaziy Osiyo boʻyicha hududiy rivojlantirish ofisi hamkorligidaOʻzbekiston fuqarolarini tinglab: aholi turmush darajasini oshirishda mahallabay yondashuvmavzusida davra suhbati tashkil etdi.

Tadbirda Oʻzbekiston parlamenti, vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy diplomatik vakolatxonalar, tahliliy markazlar, ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatidaOʻzbekiston fuqarolarini tinglabtadqiqoti natijalari, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uygʻunligi, iqtisodiy oʻsish, aholi turmush darajasi, migratsiya muammolari va ijtimoiy himoya masalalari muhokama qilindi.

Taraqqiyot strategiyasimarkazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Jahon bankining mazkur loyihasi Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlarning aholi hayotiga taʼsirini oʻrganishga qaratilgan muhim tadqiqot ekanligini taʼkidladi.

Tadbirda Oʻzbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy tendensiyalarni aks ettiruvchi tahliliy taqdimot oʻtkazildi. Soʻnggi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy holat yaxshilanib, islohotlar natijasida quyidagi oʻzgarishlar qayd etildi:

Kambagʻallik darajasi 8,9 foizga qisqardi.

Inflyatsiya 9,8 foizga tushirildi.

Maktabgacha taʼlim qamrovi 76 foizga yetdi.

— Oliy taʼlim bilan qamrov 43 foizga oshdi.

— YAIM hajmi 115 milliard dollarga yetkazildi.

— Eksport hajmi 27 milliard dollarga yetdi.

Jahon banki 2025-yilda Oʻzbekiston YAIM oʻsishi 5,8 foiz atrofida boʻlishini prognoz qilmoqda.

Davra suhbatida mamlakatning migratsiya siyosati, ijtimoiy himoya choralari va “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturining mahallabay yondashuvi muhokama qilindi. Shuningdek, “Mahalliy tashabbuslardan milliy taʼsirga qadar” mavzusida panel muhokamasi oʻtkazildi.

Jahon bankining katta iqtisodchisi Ikuko Uochi 2025-yil yanvar oyida 1500 ta uy xoʻjaligi bilan oʻtkazilgan soʻrov natijalari bilan oʻrtoqlashdi. U mehnat bozoridagi vaziyat, narx-navolarning aholi daromadlariga taʼsiri, oziq-ovqat xavfsizligi va migratsiya tendensiyalari boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni taqdim etdi.

Tadbir davomida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini BMTning “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga mosligini koʻrsatuvchi infografik tahlil toʻplami ham taqdim etildi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер