Agrar sohadagi tavakkalchiliklarni sug‘urtalash tizimi joriy etiladi

Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Joriy yilning 14-mart kuni Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar, Yoshlar parlamenti a’zolari, Qo‘mita huzuridagi Ekspertlar guruhi a’zolari, vazirlik va idoralar vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.
Majlisda “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonun dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda ichki va tashqi bozorda ijtimoiy ahamiyatga ega asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortib borishi va bu ehtiyojni qondirish hamda respublikaning eksport salohiyatini oshirish uchun mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish talab etmoqda.
Qonun bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchilarni turli tavakkalchiliklardan himoya qilish va barqaror daromad olishni kafolatlash uchun Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasidagi yo‘qotishlarni baholash, shuningdek sug‘urta hodisalari bo‘yicha yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash mustaqil ekspertlar tomonidan amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi sohasi tavakkalchiliklarini sug‘urtalashda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmi yaratilib, sug‘urta mukofotining 50 foizi davlat tomonidan qoplab berilishi belgilanmoqda.
Qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchilarni sug‘urtalangan tabiiy ofatlar va boshqa xatarlardan ko‘radigan zararlarni qoplash uchun Qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash jamg‘armasining mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda, yetmagan qismi respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi nazarda tutilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi sohasida tavakkalchiliklarni sug‘urtalash jarayonida ishtirok etuvchi sub’yektlarining huquq va majburiyatlari belgilanmoqda.
Qonun bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchilarning xavf-xatarlar tufayli yetkazilgan zararlarining o‘rnini qoplashdagi huquqiy asos yaratiladi.
Sohada tavakkalchiliklarni sug‘urtalash jarayonida ishtirok etuvchi sub’yektlarning huquq va majburiyatlari aniq belgilanyapti. Shuningdek, Qonun bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy barqarorligi ta’minlanadi hamda turli xavf-xatarlarning moliyaviy ta’sirini kamaytirish imkoni yaratiladi.
Majlis yakunida Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring