“Istanbul Bashakshexir” navbatdagi gʻalabani qoʻlga kiritdi
31-oktyabr kuni Turkiya Superligasining 11-tur doirasidan oʻrin olgan bahsda “Istanbul Bashakshexir” oʻz maydonida “Kocayelispor”ni qabul qildi.
Uchrashuv mezbonlar foydasiga 1:0 hisobida yakunlandi. Bahsning 88-daqiqasida “Kocayelispor” himoyachisi Botond Balog oʻz jarima maydoni ichida Davi Selkeni qoʻpol uslubda toʻxtatdi. Voqeani yaqin masofadan kuzatgan hakam Batuxon Kolak darhol penalti belgiladi.
11 metrlik jarima zarbasini Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov aniq amalga oshirdi va oʻyindagi yagona golga mualliflik qildi.
Ushbu gʻalaba “Istanbul Bashakshexir” uchun joriy mavsumdagi uchinchi zafar boʻldi. Jamoa shu natija orqali turnir jadvalida 9-oʻringa koʻtarildi. “Bashakshexir” keyingi turda 7-noyabr kuni “Genchlerbirligi”ga qarshi maydonga tushadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring