Afsonaviy tennischi: Qamoqxonada siz hech kimsiz, shunchaki raqam. U yerda meni hech kim Boris deb chaqirmadi 

00:38 21 Dekabr 2022 Sport
902 0

Foto: Reuters

Tennis boʻyicha eng nufuzli “Katta Dubulgʻa” turnirlarining olti karra gʻolibi va dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi germaniyalik Boris Bekker daromadini yashirgani uchun Buyuk Britaniyada qamoq jazosini oʻtaganidan soʻng hayotini qayta koʻrib chiqqanini aytib oʻtdi.

“Qamoqxonada siz hech kimsiz, shunchaki raqamsiz. Meniki A2923EV edi. Hech kim meni Boris deb chaqirmadi. Ularga sizning kimligingizning ahamiyati yoʻq. Men qiyin saboq oldim. Bu juda ogʻriqli. Ammo bularning barchasi menga muhim va yaxshi narsani oʻrgatdi. Baʼzi narsalar yaxshi sabablarga koʻra sodir boʻladi. Oʻylaymanki, men oʻzimni, bir vaqtlar inson boʻlganimni qayta kashf qildim”, deydi Bekker.

Eslatib oʻtamiz, 2022-yilning aprel oyida Bekker yuz minglab funt sterlingga teng aktivlarini yashirgani uchun London sudi tomonidan ayblanib, ikki yilu olti oyga qamalgan edi. U sud jarayoni bilan bogʻliq barcha ayblovlarni rad etdi. 

Biroz avval afsonaviy tennischi Germaniyaga deportatsiya qilingan edi. Chunki uning nomzodi Buyuk  Britaniya qamoqxonalaridagi yukni kamaytirishga qaratilgan dastur doirasida tasdiqlangan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер