Afsona bilan suhbat
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Botir Zokirov deyilganida beixtiyor koʻz oldimizda “Maftun boʻldim”, “Raʼno”, “Arab tangosi”, “Xayolimda boʻlding uzun tun”, “Kecha bogʻda” singari musiqiy sanʼatimiz xazinasidan oʻrin olgan ajoyib qoʻshiqlar ijrochisi gavdalanadi. Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri jamoasi Buxoroda shu sanʼatkorning hayoti va faoliyatiga bagʻishlab tayyorlangan — “Afsona bilan suhbat” teatrlashtirilgan badiiy dasturni namoyish etdi.
— Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirovning hayoti, ijodiy faoliyati barchamiz uchun oʻrnak, — deydi teatr direktori Abdusaid Gʻaniyev. — Milliy estradamizning asoschilaridan sanalgan bu inson oʻzining betakror shirali ovozi, oʻlmas qoʻshiqlari bilan yurtimizni dunyoga tanitdi. Uning hayoti Vatanga mehru muhabbat, sanʼatga sadoqat namunasidir. Biz jamoamiz bilan sahnada Botir Zokirovning obrazini yaratganimizdan mamnunmiz. Bu asar nafaqat respublikamizning bir qator viloyatlari, balki xorijda ham namoyish etildi. Tomoshabinlar uni iliq kutib oldi.
Viloyat musiqali drama teatrida namoyish etilgan asarda noyob isteʼdod egasining hayotiga oid burilish nuqtalari teatrning Surʼat Ortiqov, Bobur Choʻlliyev, Diyor Toʻxtanazarov singari iqtidorli aktyorlari tomonidan oʻziga xos yoʻsinda talqin qilingan. Kuy-taronalarning yaratilish tarixi bilan bogʻliq lavhalar, sanʼatkorning ona-yurtimizga mehru muhabbati aks etgan koʻrinishlar, shuningdek, Botir Zokirovning retroga aylangan qoʻshiqlari tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring