Afrikadan 90 ming dollar meros kelishiga umid qilgan oʻzbekistonlik uyini sotib yubordi

Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi xodimi Umidjon Hamroqulov jurnalistlar bilan boʻlgan brifingda bir fuqaroning Afrikadan meros olaman, deb oʻz uyini sotib, 90 ming AQSH dollari naqd pulni nigeriyalik firibgarlarga oʻtkazib bergani haqida gapirib berdi.
Maʼlum boʻlishicha, fuqaroga “senga meros qoldi” degan xat (elektron) kelgan va firibgar ushbu mablagʻni Oʻzbekistonga yuborish uchun maʼlum mablagʻ oʻtkazishi kerakligini aytgan.
— “Uyini sotib, 90 ming dollarni oʻtkazib qoʻyib, yana oʻtkazaman” deydi. Firibgar “men kamazchiman, chegaradan oʻta olmayapman”, deb maydalab maydalab 90 ming dollargacha pulni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan”, — deydi Umidjon Hamroqulov.
“Sodda boʻlmang, ogoh boʻling! Sizga katta pul bor yoki yutuq yutib oldingiz, deb aytishsa, ishonib ketavermang”, deyiladi Oʻzbekiston Respublikasi IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabarida.
Avvalroq Bosh prokuratura huzuridagi Departament oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarlarni ushlagani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring