Afgʻonistondagi zilzila Oʻzbekiston hududida ham sezildi

18:25 20 Fevral 2026 Jamiyat
303 0

Illyustrativ foto

Afgʻonistonda sodir boʻlgan zilzila kuchi Oʻzbekiston hududida ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, zilzila bugun, 20-fevral kuni soat 18:09 da qayd etilgan. Yer silkinishi epitsentri Toshkentdan 608 kilometr janubiy-sharqda joylashgan. Uning magnitudasi 6 teng. Tebranish 76 kilometr chuqurlikda hosil boʻlgan.

Yer qimirlashining epitsentri Afgʻonistonning Balgʻon viloyatida, koordinatalari esa 35,8 daraja shimoliy kenglik, 69,37 daraja sharqiy uzunlikda qayd etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Surxondaryo viloyatida 2-3 ball, 246 kilometr;

Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 464 kilometr.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер