Afgʻonistondagi yagona ayollar radiosi faoliyati toʻxtatildi
Tolibon seshanba kuni Afgʻonistondagi yagona ayollar radiostansiyasi boʻlgan “Radio Begum” faoliyatini toʻxtatdi. Bu haqda “CNN” axborot agentligi xabar qildi.
Radio ayollar uchun sogʻliq, psixologiya va maʼnaviyat dasturlari, shu bilan bir qatorda kuniga olti soatdan darslarni efirga uzatib kelgan. Ular hech qanday siyosiy faoliyat bilan shugʻullanmasligi, faqat afgʻon xotin-qizlariga taʼlim berish niyatida boʻlganlarini taʼkidlashgan.
Tolibon radioni “efir siyosatini buzish” va “chet el kanaliga ruxsatsiz kontent taqdim etish” ayblovlari bilan yopdi. Radioga hujum chogʻida xodimlarning kompyuterlari, hujjat va telefonlari musodara qilindi, ikki erkak xodim hibsga olindi.
“Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti bu qarorni qoralab, radio faoliyatini qayta tiklashni talab qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring