Afgʻonistonda zilzila qurbonlari soni 1124 kishiga yetdi
Afgʻoniston Qizil yarim oy jamiyati yakshanba kuni roʻy bergan kuchli zilzila oqibatida kamida 1124 kishi halok boʻlgani, yana 3251 kishi jarohatlanganini maʼlum qildi. Oʻzbekiston ushbu ogʻir kunlarda Afgʻonistonga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda har tomonlama yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov minglab odamlarning hayotiga zomin boʻlgan va keng koʻlamli vayronagarchiliklarga sabab boʻlgan dahshatli zilzila munosabati bilan Afgʻoniston xalqi va hukumatiga chuqur hamdardlik bildirdi. Halok boʻlganlarning yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etib, jabrlanganlarning tez orada sogʻayishlarini tiladi.
“Biz ogʻir kunlarda birodar Afgʻoniston xalqi bilan birdam boʻlib, ushbu fojiali tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda har tomonlama yordam berishga tayyorligimizni bildiramiz”, deb yozdi Saidov Telegram kanalida.

CNN nashrining Afgʻoniston rasmiylariga tayanib yozishicha, mazkur halokatli zilzila oqibatida 8 mingdan ortiq uy vayron boʻlgan.
“Tolibon” harakati mazkur tabiiy ofat talafotlarini bartaraf etishda xalqaro hamjamiyatdan yordam soʻrab murojaat qildi. BMT va uning hamkorlari tomonidan shoshilinch yordam chaqirigʻi ishlab chiqilmoqda. BMTning favqulodda vaziyatlar jamgʻarmasi (CERF)dan dastlabki 5 million dollar mablagʻ ajratildi.

“BBC News”ning yozishicha, Buyuk Britaniya jabrlanganlarni qoʻllab-quvvatlash uchun 1 million funt sterling ajratgan. Shuningdek, Xitoy, Hindiston va Shveysariya ham insonparvarlik yordami koʻrsatishga tayyorligini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring