Adliya vazirligi jamoatchilikka hisobot berdi
Ochiqlik va shaffoflik davr talabi ekan, har bir davlat organi hamda tashkiloti keng jamoatchilik oldida hisobot berishi lozim. Adliya vazirligi xalq oldidagi masʼuliyat va hisobodkorlik tuygʻusini toʻliq anglagan holda bu yil ham oʻzining bir yillik faoliyati haqidagi hisobotini jamoatchilik va OAV eʼtiboriga havola etdi.
Vazirlik tomonidan mana toʻrtinchi yildirki, jurnalistlar, blogerlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida tizimdagi mavjud muammolar ochiq muhokama qilinadigan uchrashuv oʻtkazib kelinmoqda. 2023-yil ham bundan mustasno emas.
Joriy yilning 28-mart kuni vazirlik rahbariyati ishtirokida “Adliya vazirligi jamoatchilik oldida hisobot berdi” nomli media iventda nafaqat vazirlik faoliyati tahlil qilindi, balki jamiyatda huquqiy sohadagi asosiy tendensiyalar ham koʻrib chiqildi.
Tadbir vazirlik tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar, kelgusi rejalar, yoʻlga qoʻyilishi kutilayotgan yangi loyihalar toʻgʻrisida OAV va jamoatchilikni xabardor qilish, media hamjamiyat bilan yaqin muloqot oʻrnatish maqsadida tashkil etildi. Unda “Adliya hisobot beradi: 2022-yil sarhisob va rejalar” kitoblari va boshqa huquqiy mavzudagi kitoblar taqdimot qilindi.
Hisobot tadbirida adliya vaziri Akbar Toshqulov vazirlik faoliyati boʻyicha 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar, norma ijodkorligi sohasidagi muammolar va kelgusidagi rejalar haqida maʼlumot berdi.
Maʼlumki, 2022-yilda Adliya vazirligida yagona boshqaruvni joriy qilish uchun davlat rahbarining tegishli Farmonga muvofiq, Davlat xizmatlari agentligi va Intellektual mulk agentligi bevosita Adliya vazirligiga, ularning hududiy tuzilmalari esa hududiy adliya organlariga qoʻshildi. Natijada optimal boshqaruv mexanizmiga erishildi.
Vazirlik 2022-yil davomida bir qator yutuqlarga erishdi va eʼtirofga sazovor boʻldi. Xususan:
— Adliya vazirligi tashabbusi bilan 56 ta qonun, 54 ta Prezident hujjatlari, 66 ta Hukumat hujjatlari, 37 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqildi;
— Kelib tushgan jami 142,7 mingta murojaatlarning 123,1 mingtasi, yaʼni 86,2 foizi qonuniy hal etildi;
— 2022-yilda 11,7 mln dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi. Bu 2021-yilga nisbatan 2,3 mlnga koʻp;
— Davlat xizmatlarini elektron shaklda koʻrsatish 21 foizdan oshdi. 25 ta yangi davlat xizmatlari joriy etildi;
— I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlari uchun 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllanilishi yoʻlga qoʻyildi;
— Mobil-ID tizimi joriy etildi, 488 087 nafar fuqarolarga ushbu tizim orqali xizmatlar koʻrsatildi.
Intellektual mulkni huquqiy muhofaza va himoya qilish sohasida ham qator yangiliklar joriy etildi:
— Mualliflik huquqi obyektlarini saqlashga moʻljallangan “Mualliflik obyektlari yagona bazasi” axborot tizimi ishlab chiqildi;
— “Mualliflik va turdosh huquqlar sohasida qonunbuzilishlar reyestri” davlat axborot tizimi ishlab chiqildi;
— Ayrim intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazishda davlat tomonidan moliyaviy yordam berilishi tartibi joriy qilindi;
— Intellektual mulk obyektlarini elektron shaklda roʻyxatga olish va QR-kodli muhofaza hujjatlarini berish imkoniyati yaratildi.
Matbuot anjumanida taʼkidlanganidek, 2022-yil maʼmuriy islohotlar bilan yakunlandi. Ular natijasida Adliya vazirligida koʻp oʻzgarishlar roʻy berdi va ular davom etmoqda. Xususan, vazirlik huzurida Personallashtirish agentligi tashkil etildi. “Oʻzarxiv” agentligi Adliya vazirligi huzuriga oʻtkazildi. Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda FHDY organlari tuman (shahar) adliya boʻlimlari boʻysunuviga oʻtkazilib yaxlit boshqaruv tizimi yaratildi.
Tadbir davomida jurnalist va blogerlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniyatiga ega boʻldi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga vazirlik boʻylab media tur tashkil etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring