Adliya vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Prezidentning tegishli qarori bilan Nuʼmon Usmonovich Muxammadiyev adliya vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqida Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar u (2023-yildan) Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
Nuʼmon Muxammadiyev 1982-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1 darajali adliya maslahatchisi. 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2024-yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.
Mehnat faoliyatini 2004-yilda Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi katta maslahatchi lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmada yetakchi va bosh maslahatchi boʻlgan. 2009–2013-yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyatini davom ettirgan.
2016–2023-yillarda Adliya vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Shu jumladan, Adliya vazirligi Davlat xizmatlari koʻrsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi hamda Davlat xizmatlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring