Adiz Boboyev Samarqand viloyati hokimi etib tasdiqlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident ishtirokida oʻtayotgan Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ham koʻrib chiqildi.
“Biz yurtimizda inson qadrini ulugʻlash, iqtisodiyotni barqaror oʻstirish orqali aholi farovonligini oshirish boʻyicha katta-katta marra va rejalarni olayapmiz.
Bu ishlarni tashkil qilish uchun viloyatga zamonaviy fikrlaydigan, muammolarni tizimli tahlil qilib, innovatsion yechim bera olishga salohiyatli rahbar kerak”, dedi davlatimiz rahbari.
Prezidentimiz Samarqand viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Adiz Boboyev nomzodini tavsiya etdi.
Viloyat faollarining nomzod haqidagi fikrlari tinglangach, viloyat hokimini tayinlash masalasi ovozga qoʻyildi. Ovoz berish natijalariga koʻra, Adiz Boboyev viloyat hokimi etib tasdiqlandi.
Prezidentimiz yangi hokimga u ish oʻrni yaratish, kambagʻallikni qisqartirish, investitsiya va eksportni koʻpaytirish, tannarxni kamaytirish va energiya tejamkorlikni oshirish boʻyicha Samarqandni namunali hududga aylantirishi shartligini koʻrsatib oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring