Abduqodir Husanov va Lionel Messi bir jamoada toʻp surishi mumkin
Fransiyaning “Lans” klubi va Oʻzbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovga Yevropaning uchta grandi daʼvogarlik qilmoqda. Bu haqda “LʻEquipe” nashri xabar berdi.
Nashr maʼlumotlariga koʻra, Husanov uchun “Manchester Siti”, “PSJ” va “Atletiko” klublari asosiy daʼvogar sanalmoqda.
“Lans” klubi qishki transferlar oynasidayoq Husanov yoki Kevin Dansoni qoʻyib yuborishga tayyorligini bildirgan. Futbolchilardan birini xarid qilmoqchi boʻlgan jamoa kamida 30 million yevro taklifi bilan chiqishi shartligini ham taʼkidlab oʻtgan.
Husanov uchun asosiy xaridor sifatida qaralayotgan “Manchester Siti” klubining APLdagi holati yaxshi emas. Jamoa ham hujum, ham himoya chizigʻida yangi kuchlarga muhtoj. Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klubni inqiroz holatidan olib chiqish uchun Argentinalik hujumchi Lionel Messini ham jamoaga olib kelmoqchi ekanligi haqida koʻplab yirik nashrlar xabar bergan edi.
Maʼlumot oʻrnida, Abduqodir Husanovning “Transfermarkt” portalidagi bahosi yaqinda 5 million yevrodan 12 million yevroga koʻtarildi va ayni vaqtda 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar orasida Osiyoning eng qimmatbaho oʻyinchisi boʻlib turibdi. Osiyo qitʼasining eng qimmat markaziy himoyachilar roʻyxatida esa toʻrtinchi pogʻonadan oʻrin olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring