Abdulla Mamatqulov Muzrabot tumani hokimi etib tayinlandi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Abdulla Abdumoʻminovich Mamatqulov Muzrabot tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 23-may kuni Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtgan. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov ishtirok etgan hamda Muzrabot tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, shu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar xususida toʻxtalgan.
Sessiya davomida, shu vaqtga qadar Muzrabot tumani hokimi vazifasini bajarib kelgan Alisher Qurbonov lavozimidan ozod etilgani maʼlum qilingan. Viloyat hokimi ushbu lavozimga Mamatqulov Abdulla Abdumoʻminovich nomzodini taklif etgan. Ushbu taklif tuman Kengashi deputatlari tomonidan maʼqullangan.
Ulugʻbek Qosimov tumanning yangi hokimi oldiga aholi turmush darajasini oshirish, mavjud salohiyat va imkoniyatlardan toʻliq foydalanish, hududni har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha aniq vazifalarni qoʻygan hamda yangi lavozimdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilagan.
Maʼlumot uchun, Abdulla Mamatqulov 1985-yilda Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida tugʻilgan. 2011-yilda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutini mexanik-texnolog mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida “Surxondaryo suv taʼminoti” MChJ direktorining oʻrinbosari, Bandixon tumani hokimining oʻrinbosari, “Surxondaryosuvqurilishinvest” DUK direktori kabi masʼuliyatli lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar “Surxondaryo suv taʼminoti” AJ direktori vazifasida faoliyat yuritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring