Abdulaziz Komilov Qozogʻiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

10:39 03 Mart 2022 Siyosat
998 0

2022-yilning 3-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi bilan uchrashdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-tranzit, suv energetikasi, madaniy-gumanitar sohalardagi Oʻzbekiston — Qozogʻiston ittifoqchilik munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Oliy darajadagi uchrashuvlar natijasida erishilgan kelishuvlarni oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Boʻlajak tadbirlar, jumladan, ikki davlat oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligini nishonlash (1992-yil 23-noyabr) doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar jadvali koʻrib chiqildi.

Xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Maʼlumot uchun, Qozogʻiston Bosh vaziri oʻrinbosari, Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi “BMT Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Qoʻshma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi mintaqaviy hamkorlik” oliy darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Toshkent shahriga keldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?