Abbosbek Fayzullayev yiqitilgan vaziyatda penalti berilishi kerakmidi?
Videodan kadr
Kecha, 18-dekabr kuni Turkiya kubogi musobaqasining 1-tur doirasida “Galatasaroy” klubi oʻz maydonida “Bashakshehir” jamoasini 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.
Uchrashuvga hakam tomonidan qoʻshib berilgan 2-daqiqa oʻtib borayotgan pallada “Galatasaroy” himoyachisi Arda Unyay “Bashakshehir” futbolchisi Abbosbek Fayzullayevni qoʻpollik bilan toʻxtatib qoldi. Ushbu holatda uchrashuvni boshqarib borgan hakam oʻyinni davom ettirishga ishora qildi.
Ammo ushbu vaziyat oʻyindan keyin turk matbuotida va futbol jamoatchiligi orasida koʻplab bahs va munozaralarga sabab boʻldi. Hattoki, “Bashakshehir” klubining matbuot xizmati ham ushbu holat aks etgan videoni oʻzining rasmiy sahifasiga joyladi.
Xoʻsh, ushbu vaziyatda penalti belgilanishi kerakmidi? Shu savol bilan “Xalq soʻzi” muxbiri OʻzFHM hakamiga murojaat qildi. Mutaxassisning javobi esa quyidagicha boʻldi:
“Bu yerda “Galatasaroy” himoyachisi 100 foiz toʻpga oʻynadi. U hatto Abbosbek Fayzullayevni koʻrgani ham yoʻq. Toʻgʻri, bu yerda kontakt boʻldi. Ammo bu penalti belgilashga yetarli asos boʻlmaydi. Futbol qoidalariga koʻra, bunga oʻxshash vaziyatlar uchun penalti berilmaydi. Hakam toʻgʻri qaror qildi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring