Abbosbek Fayzullayev Eldor Shomurodovning jamoadoshiga aylandi
SSKA klubining oʻzbekistonlik futbolchisi Abbosbek Fayzullayev Istanbulning “Bashakshehir” klubiga oʻtdi. Bu haqda “Sport-Exspress” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosining transfer summasi 7,5 million yevroni tashkil etadi. Turkiya klubi 21 yoshli futbolchi uchun toʻlovni SSKAʼga bir martalik toʻliq toʻlov shaklida amalga oshirgan.
Futbolchi yaqin kunlarda Turkiyaga uchib boradi hamda tibbiy koʻrikdan oʻtib, “Bashakshehir” bilan shartnoma imzolaydi. Biroq futbolchi istanbulliklar bilan necha yillik bitim imzolashi maʼlum emas.
Mazkur transfer amalga oshadigan boʻlsa, “Bashakshehir” safida toʻp suradigan oʻzbekistonlik futbolchilar soni ikki nafarga yetadi. Avvalroq Istanbul klubi “Roma”dan Eldor Shomurodovni ijaraga olgandi.
Maʼlumot uchun, 21 yoshli futbolchi Moskva klubiga 2023-yil yozida Toshkentning “Paxtakor” jamoasidan 500 ming yevro evaziga koʻchib oʻtgandi. Fayzullayevning SSKA bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. 21 yoshli futbolchi joriy mavsum 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, oʻz hisobiga 3 ta gol va 7 ta golli uzatmani yozib qoʻydi. Shuningdek, Abbosbek “armiyachilar” bilan Rossiya Kubogi va superkubogini qoʻlga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring