800 ming ukrain vatanni himoya qilishni istamayapti
Foto: diariopopular.com
Ukrainada 800 mingga yaqin erkak harbiy safarbarlikdan yashirinib yuribdi. Bu haqda Oliy rada deputati Dmitriy Nataluxa “Financial Times” nashriga xabar bergan.
Maʼlum boʻlishicha, Ukrainada koʻplab ishchilar harbiy xizmatga chaqirilayotgani sababli kompaniyalar oʻz faoliyatini davom ettirishga qiynalmoqda. Masalan, yirik poʻlat ishlab chiqaruvchi “Interpipe” harbiy xizmatga chaqirilish xavfi ostida boʻlgan malakali ishchilarni saqlab qolishga harakat qilayotgani uchun jiddiy muammolarga duch kelgan.
1000 dan ortiq boʻsh ish oʻrinlari mavjud boʻlgan kompaniya va boshqa korxonalar Kiyevdan iqtisodiyotni barqaror saqlash uchun harbiy xizmatdan ommaviy ozod qilishni talab qilgan.
“Interpipe” kompaniyasining kadrlar boʻlimi direktori Vitaliy Paxomov vaziyatni shirkat qoʻshimcha smenalar orqali ishlab chiqarishni saqlab qolishga muvaffaq boʻldi, ammo keyingi safarbarlik mutlaq zarar keltirishi mumkin.
Qayd etilishicha, bu muammoni hal qilish uchun Ukrainaning yirik korxonalari kompaniyalarga ishchilarni muddatli harbiy xizmatdan ozod qilish uchun oylik toʻlovni toʻlash imkonini beruvchi qonun loyihasini taklif qilishdi. Yana bir taklif maʼlum maoshdan yuqori maosh oladigan erkaklarni ozod etishni taklif qiladi. Ushbu chora-tadbirlar iqtisodiyotni himoya qilishga va mamlakat qurolli kuchlarini moliyalashtirishda davom etishini taʼminlashga qaratilgan.
Parlamentning iqtisodiy masalalar boʻyicha qoʻmitasi rahbari Dmitriy Nataluxa urush harakatlarini qoʻllab-quvvatlashda iqtisodiyotning muhimligini taʼkidladi. “Siz 1 million odamni safarbar qilishingiz mumkin, ammo ularni jihozlash uchun resurslaringiz boʻlmasa, urush boʻlmaydi”, dedi u.
Nataluxaning taʼkidlashicha, taklif etilayotgan qonun loyihasi harbiylar uchun sezilarli daromad keltirishi va oldindan aytib boʻlmaydigan tashqi yordamga bogʻliqligini kamaytirishi mumkin.
Shunga qaramasdan, takliflar harbiy xizmatdan ozod qilishni belgilaydigan “kastalar tizimi”ning potentsial paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin degan xavotirlarni ham paydo qilgan.
Ukraina rasmiylarining taʼkidlashicha, hozirgi tizim allaqachon buzuq, ayrim odamlar harbiy xizmatdan qutulish yoʻlini izlamoqdalar va uni sotib olishmoqda. Yevropa biznes assotsiatsiyasi ijrochi direktori Anna Derevyankoning bildirishicha, korrupsiyadan tushgan mablagʻlar davlat byudjetiga foyda keltirmaydi, balki amaldorlar choʻntagiga tushadi.
Bundan tashqari, 800 mingga yaqin erkaklar manzilini oʻzgartirib, naqd pulga ishlash orqali vaziyatni yanada murakkablashtirayotgani xabar qilingan. “Siz urushda shunchaki adolat bilan gʻalaba qozona olmaysiz. Urush oʻz-oʻzidan adolatsizdir”, degan Dmitriy Nataluxa.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring