8-mart kuni qaysi hududlarda qor yogʻishi aytildi

22:36 07 Mart 2025 Jamiyat
312 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 8-mart kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kunning birinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduz 10-12 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, Navoiy viloyatida ayrim joylarda baʼzida 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq boʻladi.

Toshkent viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kunning birinchi yarmida ayrim joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, Jizzax viloyatida ayrim joylarda baʼzida 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kunning birinchi yarmida ayrim joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi, tuman tushishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер