“65/35” – Nodavlat xususiy tibbiyot sektorining ulushi 30 foizga yetdi
Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash sohasida xususiy tibbiyot muassasalarining rivojlanishi salmoqli darajada oʻsib bormoqda. 2024-yil holatiga koʻra, yurtimizda xususiy klinikalar soni 9 mingdan oshib, statsionar shifo oʻrinlari 42 ming 750 taga yetgan. Shu bilan birga, xususiy sektor sogʻliqni saqlash tizimidagi umumiy oʻrin-joylarning 35 foizini tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Soʻnggi sakkiz yil davomida tibbiyot yoʻnalishida xususiy sektor ulushini oshirish va nodavlat klinikalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bugungi kunda xususiy tibbiyot muassasalarida tibbiy xizmat turlari 726 tadan 2 ming 251 taga oshdi, ularning 1530 dan ortigʻida statsionar xizmatlar tashkil etilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, laboratoriya xizmatlarining 40 foizi, oftalmologiyaning 60 foizi va stomatologik muolajalarning 91 foizi xususiy klinikalar hissasiga toʻgʻri keladi. Hozirda nodavlat tibbiyot muassasalari 225 xil ixtisoslikda faoliyat koʻrsatmoqda. Qayd etish kerakki, bu 2017-yildagi koʻrsatkichga nisbatan sezilarli oʻsishdir.
Kelgusi rejalarda yangi xususiy tibbiyot muassasalarini xalqaro standartlar asosida tashkil etish va tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish koʻzda tutilgan. Shuningdek, “xavfsiz tibbiyot” prinsipini joriy etish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida ham qator islohotlar rejalashtirilgan.
Bunday ijobiy oʻzgarishlar sogʻliqni saqlash sohasidagi umumiy sifat koʻrsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Xususiy sektorning oʻsishi aholiga qulay va sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini oshiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring