56 ta hujjat toʻgʻridan-toʻgʻri tan olindi va nostrifikatsiya qilindi — OAK

18:19 18 Iyun 2021 Jamiyat
868 0

Davlatimiz rahbarining 2020-yil 29-oktyabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻpisida” Farmoni bilan ilmiy-intellektual hamda moliyaviy resurslarni toʻliq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanish, istiqbolda ilm-fanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.

Shunga muvofiq, oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning bir pogʻonali tizimi joriy qilingan xorijiy davlatlarning roʻyxati har yili Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadigan xalqaro reytinglarda birinchi 300 ta oʻrindan birini egallagan oliy taʼlim tashkilotlarida olingan falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasi toʻgʻrisidagi hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasida fan doktori (DSc) sifatida toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi (ekvivalentligi qayd etiladi).

OAK Axborot xizmati maʼlumotiga koʻra, xalqaro reytinglarda birinchi 300 ta oʻrindan birini egallagan oliy taʼlim tashkilotlarida olingan professor, dotsent, katta ilmiy xodim va ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy unvonlar toʻgʻrisidagi hujjatlar oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar kengashlarining tavsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasida qoʻshimcha ekspertiza oʻtkazmasdan va boshqa sinovlarsiz toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi.

Mazkur Farmon talablaridan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan shu kunga qadar 56 nafar fuqaroning xorijiy oliy taʼlim tashkilotlaridan ilmiy daraja olganligi toʻgʻrisidagi hujjatlari toʻgʻridan-toʻgʻri tan olindi va nostrifikatsiya qilindi. Ularning 5 nafarini chet el fuqarolari tashkil qiladi.

Nostrifikatsiya qilingan hujjatlarning 7 tadan Germaniya va Buyuk Britaniya, 6 tadan AQSH va Xitoy, 4 tadan Belgiya, Yaponiya, 3 tadan Italiya, Janubiy Koreya, 2 tadan Shvetsiya, Niderlandiya, Fransiya, Avstraliya, Malayziya, Kanada, 1tadan Ispaniya, Shveysariya, Daniya, Chexiya kabi xorijiy davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlaridan olingan.

Hujjatlarning fan tarmogʻiga doir tahlili shuni koʻrsatadiki, iqtisodiyot fanlari boʻyicha 20 ta, texnika fanlari boʻyicha 9ta, fizika fanlari boʻyicha 6ta, matematika va qishloq xoʻjaligi fanlari boʻyicha 4 tadan, biologiya va siyosiy fanlar boʻyicha 3 tadan, kimyo va yuridik fanlar boʻyicha 2 tadan, filologiya, pedagogika, tibbiyot fanlari boʻyicha 1 tadan hujjat nostrifikatsiya qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?