55 ming soʻm! Toshkentdagi bozorlarga bir haftada 267 tonna goʻsht arzonlashtirilgan narxda yetkazib berildi
Bosh prokuror Nigʻmatilla Yoʻldoshev va Bosh prokuratura huzuridagi Departament boshligʻi Dilshod Raximov Toshkent shahrining “Mirobod”, “Askiya”, “Chilonzor”, “Farhod” va “Eski joʻva” dehqon bozorlarida boʻlib mavjud ahvol bilan yaqindan tanishishdi.
Qayd etilgan bozorlarda, boshqa barcha hududlardagi kabi Yangi yil bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan bayram yarmarkalari tashkil etilgan.
Jumladan, oʻrganilgan 5 ta bozordagi narx-navoning barqarorligini taʼminlash uchun jami 15 nafar prokuratura va departament organlarining xodimlari biriktirilgan.
Yarmarkalarga Surxondaryo, Xorazm, Andijon, Fargʻona, Qashqadaryo viloyatlarining 50 ta fermer va dehqonlari hamda qariyb 100 nafar ulgurji savdo hamda ishlab chiqarish korxonalari nomma-nom biriktirilib, ularga 350 ta rasta ajratilgan.
Ushbu dehqon bozorlarida hafta boshidan buyon 2 586 tn 30 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashtirilgan narxlarda sotilgan boʻlib, 267 tn goʻsht, 7 mln 600 ming donadan ortiq tuxum, 722 tn kartoshka,
160 tn shakar, 136 tn guruch aholiga hamyonbop narxda yetkazib berilishi taʼminlangan.
Bundan tashqari, baliq, konserva, salqin va spirtli ichimliklar, sut mahsulotlari, mevalar, shu jumladan, sitruslar hamda turli shirinliklar savdosi ham yoʻlga qoʻyilgan.
Ichki isteʼmol bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqarorligini taʼminlanishi hamda belgilangan vazifalarni tizimli ravishda davom ettirish toʻgʻrisida Bosh prokuror tomonidan masʼullarga aniq koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring