513 nafar mehnat migrantiga 1 mlrd. 26 mln. soʻm miqdorida mikroqarzlar ajratildi
Joriy yilning birinchi choragi davomida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Agentlik xabariga koʻra, 2 ming 167 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 51 ming 498 nafariga maslahat xizmatlari, 2 ming 930 nafariga ijtimoiy yordam, 976 nafariga moddiy yordam koʻrsatilgan.
Shuningdek, mehnat migrantlarining ish beruvchilar tomonidan toʻlanmay turgan 276 ming AQSH dollaridan ortiq miqdoridagi ish haqi va pullik kompensatsiyalari undirib berildi. 7 ming 661 nafar mehnat migranti sugʻurta xizmatlaridan foydalangan.
Bundan tashqari, 513 nafar mehnat migrantiga 1 mlrd. 26 mln. soʻm miqdorida mikroqarzlar ajratilishi taʼminlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring