3-yanvar kuni havo oʻzgaruvchan boʻlib, baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin

13:27 02 Yanvar 2026 Jamiyat
430 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 1-yanvardan 8-yanvargacha kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati

Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 3-4-yanvarda 2° sovuq-3° iliq, 5-8-yanvarda 0-5° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 3-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 3-4-yanvarda 2° sovuq-3° iliq, 5-8-yanvarda 0-5° iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari

Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 3-4-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin) boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 3-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 4-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq; 5-7-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 8-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo oʻzgaruvchan boʻladi, 1-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 2 va 4-8-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 3-yanvarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 4-8-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 4-yanvarda 3-8° iliq boʻladi, 5-8-yanvarda 8-13° iliqqacha koʻtariladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari

Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, faqat 2 va 5-8-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliqdan 0-5° sovuqqacha, kunduzi 3-8° iliqdan 5-10° iliqqacha oʻzgarib turadi.

Respublikaning togʻli hududlari

Havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuqdan 2° sovuq-3° iliqqacha, kunduzi 2° sovuq-3° iliqdan 2-7° iliqqacha oʻzgarib turadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?