“25 yillik mehnatlarim va orzularimdan voz kechyapman!”: Olimpiada ishtirokchisi Sharofiddin Boltaboyev sportchilik faoliyatini yakunladi
Oʻzbekiston dzyudo terma jamoasi aʼzosi Sharofiddin Boltaboyev sportchilik faoliyatini yakunlaganini maʼlum qildi. U bu haqda “Instagram” tarmogʻidagi sahifasida yozib qoldirgan.
“Hozirda juda ham ogʻir kunlarni, stresslarni boshimdan oʻtkazyapman. Sababi 25-yillik mehnatlarim va orzularimdan voz kechyapman! 4 yoshimda shu sportni boshlaganman. Har bir ishimda faqat shu sport bilan boʻlganman. 11-yil uzliksiz terma jamoada yurtim uchun tatamiga chiqdim. Hech qachon yurtimning or nomusini sotmadim!”, deb yozgan sportchi.
Shuningdek, dzyudochimiz oʻzi uchun eng ogʻir qarorni qabul qilayotganini va yurtdoshlaridan buni toʻgʻri tushunishlarini soʻragan.
“Olimpiada medalini olib kelaman deb, harakat qildim. Lekin taqdirimga yozilmagan ekan. Alloh eng yaxshisini bilguvchi. Sogʻ-salomat boʻlinglar”, deb yakunlagan Boltaboyev.
Sharofiddin Poʻlatovich Boltaboyev 1995-yil 19-noyabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanida tugʻilgan. Yurtimiz sharafini Sharofiddin 81 kg gacha vazn toifasida himoya qilib kelgan. “Tokio-2020” va “Parij-2024” yozgi olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi, uch karra Osiyo chempionati sovrindori hisoblanadi.
“Xalq soʻzi” sportchimizga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring