2,2 million dona mobil telefon va 200,9 million AQSH dollari… Oʻzbekistonda smartfon importi oshib bormoqda

Oʻzbekistonga 2024-yilning dastlabki 7 oyida qariyb 2,2 million dona mobil telefon import qilingan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2024-yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 200,9 million AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 2,2 million dona mobil telefon olib kirilgan. Bu soʻnggi yillardagi eng baland koʻrsatgichlardan hisoblanadi.
Oʻzbekiston 2024-yilning 7 oyida mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlarning “TOP 5”ligi quyidagicha:
1-oʻrin: Xitoy – 1,7 million dona;
2-oʻrin: Vyetnam – 339,4 ming dona;
3-oʻrin: Hindiston – 59,4 ming dona;
4-oʻrin: Gonkong – 19,8 ming dona;
5-oʻrin: BAA – 3,3 ming dona.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring