2050-yilga borib 2,5 milliard nafar yoshlar eshitish qobiliyatini yoʻqotishi mumkin

13:28 06 Mart 2025 Dunyo
205 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili B.Berdiklichevning maʼlum qilishicha, keyingi 25-yil davomida 2,5 milliard nafarga yaqin yoshlar maʼlum darajada eshitish qobiliyatidan aziyat chekishi taxmin qilinmoqda. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qildi.

Xabarda aytilishicha, eshitish qobiliyatining yomonlashuvi haddan ortiq baland tovushli musiqa tinglash ortidan kelib chiqishi mumkin.

“Haddan ortiq baland tovush quloqni qomatga keltirishi maʼlum. Xuddi shunday, musiqa tinglashda ham meʼyoriy detsibel koʻrsatkichlari mavjud. Bunga amal qilmaslik insonning eshitish qobiliyatiga jiddiy zarar yetkazadi”, — deyiladi xabarida.

Tadqiqotlar natijasida, bugungi kunga kelib koʻplab yoshlar sogʻliqni saqlash tashkilotlarining ogohlantirishiga qaramay, meʼyoriy detsibel normalarga amal qilmayotgani oydinlashgan.

Shu sababli ayni vaqtga kelib dunyo boʻyicha 1 milliard nafardan ziyod yigit-qizlar eshitish qobiliyatini yoʻqotish xavfi ostida qolmoqda.

Shuningdek, mutaxassislar tavsiyasiga amal qilinmaslik ortidan yana 700 million nafardan ortiq yoshlar eshitish qobiliyatini tiklash boʻyicha reabilitatsiyaga muhtoj boʻlishi mumkin.

“Eshitish qobiliyati buzilishi bilan bogʻliq kasalliklarning 60 foizdan ortigʻini birlamchi bosqichda davolash imkoniyati bor. Eng samarali yechim esa xastalikning oldini olishdir”, — deydi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti vakili.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер