2030-yilga qadar yana 19 ming megavatt “yashil quvvat”larni barpo etiladi — Prezident
Davlatimiz rahbari energetika sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha rejalarga qisqacha toʻxtalib oʻtdi.
2030-yilga qadar yana 19 ming megavatt “yashil quvvat”larni barpo etib, qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Xususan, 2025-yilda 3,4 ming megavattli 18 ta quyosh va shamol stansiyalari hamda 1,8 ming megavattli saqlash tizimlari ishga tushiriladi.
Buning natijasida kelgusi yili “yashil energiya” ishlab chiqarish hajmlari 12 milliard kilovatt soatga yetadi.
Bu 5 million xonadonning bir yillik isteʼmoliga teng va 6,5 million tonna zararli gazlarni atmosferaga chiqarishning oldi olinadi, deganidir.
Kelgusi 2-yilda xususiy tadbirkorlar bilan birga 2 mingdan ortiq kichik va mikro-GESlar tashkil qilish boʻyicha katta dastur amalga oshiriladi.
Bundan keyin ham sohaga xususiy sektor kirib kelishini ragʻbatlantirib, elektr energiyasi bozorini tashkil etish boʻyicha katta qadamlarni qoʻyilishi taʼkidlandi.
Xususan, kelgusi yil yakuniga qadar raqobatli savdolar orqali elektr energiyasi ulgurji bozori yaratiladi.
Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik nafaqat yirik elektr stansiyalarida, balki sohaning boshqa yoʻnalishlariga ham keng joriy qilinadi.
“Yashil energetika” yoʻnalishida mintaqaviy va xalqaro hamkorlik kengaytiriladi.
Bu borada birinchi amaliy qadam sifatida COP29 doirasida Qozogʻiston, Ozarbayjon va Saudiyalik hamkorlar bilan “yashil energiya”ni Yevropa mintaqasiga eksport qilish boʻyicha ilk bitim imzolandi.
Mintaqaviy energiya tizimi barqarorligini taʼminlash maqsadida qoʻshni davlatlar bilan yagona platforma ishga tushiriladi.
“Yashil energetika” boshqa soha va tarmoqlar jadal rivoji, aholi turmush darajasi yaxshilanishi uchun yangi drayverga aylanmoqda. Xususan, aholi va mahalliy tadbirkorlar sohaga katta qiziqish bildirmoqda.
Bunday korxonalarni ragʻbatlantirish maqsadida hududlarni rivojlantirish dasturlarida “yashil loyiha”lar ulushini kelgusi 5-yilda 5 barobarga oshiriladi.
Bu borada texnikumlarda sanoat korxonalari bilan dual taʼlim tizimi, 5 ta oliygohda ilgʻor muhandislik maktablari tashkil etilmoqda.
Shuningdek, energetika, metallurgiya, kimyo, elektrotexnika sohalarida nufuzli kompaniyalar bilan birga izlanish va rivojlantirish yoʻnalishida hamkorlik kengaytiriladi.
“Barchangizga ishontirib aytmoqchiman: Yangi Oʻzbekiston – investitsiyalarni har tomonlama kafolatlaydigan, sizlarning barcha loyiha va tashabbuslaringizni toʻla qoʻllab-quvvatlaydigan, xorijiy hamkorlarimiz manfaatlarini himoya qiladigan dunyoga ochiq mamlakatdir”, - dedi Prezident soʻzining yakunida.
Davlatimiz rahbari ramziy dastakni bosib, yakunlangan obyektlarni ishga tushirdi va yangi loyihalar qurilishiga start berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring