203 ta oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi taʼlimda oʻqiyotgan talabalar 700 mingdan oshdi

14:57 13 Fevral 2025 Siyosat
85 0

Bugungi kunda oliy taʼlim muassasalari soni 203 taga yetdi, ularda kunduzgi taʼlimda oʻqiyotgan talabalar 700 mingdan oshdi.

Talabalarning sport bilan qamrovini kamida 50 foizdan oshirish muhimligi koʻrsatib oʻtildi.

Xorijiy davlatlarda talabalar sporti katta sport uchun zaxira boʻlib xizmat qiladi. Shu bois mutasaddilarga har bir oliygohda kamida 3 ta olimpiya sport turi boʻyicha sport klubini tashkil qilish topshirildi.

Sport vazirligi bunday sport klublari faoliyatiga ilmiy-metodik koʻmaklashadi, Chirchiqdagi Jismoniy tarbiya universiteti bazasidan foydalanishga sharoit yaratib beradi.

Umuman, aholining ommaviy sport bilan qamrovini kamida 15 millionga yetkazish favqulodda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Bunga faqat Sport vazirligi emas, har bir rahbar, viloyat, shahar va tuman hokimlari masʼul boʻladi.

Nogironligi bor shaxslarning sport bilan qamrovini 2 barobarga koʻpaytirish maqsad qilib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер