2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb eʼlon qilindi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Mahalla va yaxshi qoʻshnichilik oʻzaro uygʻun qadriyatlardir. Ular jamiyatda ijtimoiy kapitalni yanada boyitishga beqiyos hissa qoʻshadi.
Mamlakatimizda oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovlarda ishtirok etganlarning 90 foizi oʻzini mahalla jamoasining bir qismi deb hisoblashi ham shundan dalolat beradi. Mahallaga shu asosda Vatan taqdiriga daxldorlik tuygʻusining yuqoriligi ushbu institut, avvalo, ijtimoiy birdamlik manbai ekanini koʻrsatadi.
“Tarix davomida qanday ogʻir sinovlarga duch kelmaylik, biz avvalo birdamlikdan kuch oldik. Mashaqqatli kunlarda odamlarimiz, mahalla ahli yelkadosh boʻlib qiyinchiliklarni yenggan. Oila – oilaga, qoʻshni – qoʻshniga koʻmak berib yashagan. Biz mana shunday oʻta noyob qadriyatimizga doimo sodiq qolishimiz, yosh avlodimizni ayni shu ruhda tarbiyalashimiz kerak.
Bugungi kunda jamiyatimizda turli xil fikr va qarashlar boʻlishi tabiiy. Bu – demokratiyaning birlamchi talabi.
Ammo millati, tili va dinidan qatʼi nazar, 38 millionli el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir.
Mana shunday buyuk maqsadga erishishda mahalla tizimining oʻrni va taʼsiri beqiyos. Chunki mahalla tinch va ahil boʻlsa, jamiyatimiz tinch va hamjihat boʻladi. Mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi”, dedi Prezidentimiz Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida.
Shularning barchasini hisobga olib, davlatimiz rahbari 2026-yilni yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb eʼlon qilishni taklif qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring