2025-yilda Oʻzbekistonga qancha un import qilingani aytildi

23:59 20 Fevral 2026 Iqtisodiyot
281 0

2025-yilda Oʻzbekistonga 8 ta xorijiy davlatdan qiymati 124,6 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 422,6 ming tonna bugʻdoy uni import qilingan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

2025-yilda Oʻzbekistonga eng koʻp bugʻdoy uni yetkazib bergan davlatlar quyidagicha taqsimlangan:

  • Qozogʻiston – 399,8 ming tonna;
  • Rossiya – 22,1 ming tonna;
  • Tojikiston – 425 tonna;
  • AQSH – 90 tonna;
  • Qirgʻiziston – 50 tonna;
  • Boshqa davlatlar – 71,3 tonna.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, import hajmi 2024-yilga nisbatan 48,3 ming tonnaga yoki 10,3 foizga kamaygan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер