2025-yilda Oʻzbekistonga qancha sayyoh kelgani ochiqlandi
2025-yilda jami 11,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Turistlar soni boʻyicha TOP-10 davlatlar quyidagicha taqsimlangan:
- Qirgʻiz Respublikasi – 3,3 mln nafar;
- Tojikiston – 2,7 mln nafar;
- Qozogʻiston – 2,7 mln nafar;
- Rossiya – 984,4 ming nafar;
- Afgʻoniston – 476,7 ming nafar;
- Turkmaniston – 370 ming nafar;
- Xitoy – 278,9 ming nafar;
- Turkiya – 174,9 ming nafar;
- Hindiston – 80,8 ming nafar;
- Koreya Respublikasi – 46,3 ming nafar.
Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,7 mln nafarga yoki 46,8 foizga oshgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri ekani toʻgʻrisida BMT hisoboti eʼlon qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring